Maktabda uzoq yillar ishlagan ustozlar To'xtayev Nurmaxmat va To'xtayev Yo'lchi xotirasiga futbol va shaxmat turnirlari bo'ldi.
Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan maktabimizda uzoq yillar direktor bo'lib ishlagan To'xtayev Nurmaxmat hamda matematika fani o'qituvchisi To'xtayev Yo'lchi xotirasiga bag'ishlangan futbol va shaxmat turnirlari o'tkazildi.
Futbol turnirida 1–4-sinflar o'rtasida 4-"D", 5–7-sinflar o'rtasida 6-sinf, 8–11-sinflar o'rtasida 9-sinf o'quvchilari g'olib bo'ldi.
"Xotira abadiy, qadr muqaddas" ma'naviy-ma'rifiy tadbirida urush qatnashchilari yodgorligiga gulchambar qo'yildi, faxriy ustozlar nomlari yod etildi va turnir g'oliblari taqdirlandi.