Bayram tadbirida milliy va xalqaro sertifikat sohiblari faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
27-dekabr kuni maktabda "Salom, Yangi yil" bayrami tadbiri o'tdi. Eng namunali, bilimli o'quvchilar bilan birga milliy va xalqaro sertifikat sohiblari Qorbobo tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
"Eng chiroyli bayram archasi", "Eng chiroyli karving san'ati ishi" va "Eng qiziqarli sinf chiqishi" tanlovlari g'oliblari aniqlandi.